Polshada hamkasbini muntazam ravishda zaharlashga urinib kelgan farrosh hibsga olindi
U hamkasbining ichimligiga zaharli moddalar qo‘shib kelgan. Shuningdek, mazkur holatdan xabardor bo‘lib, hech qanday chora ko‘rmagan yana bir ishchi qo‘lga olingan.

Foto: Videodan kadr
Polshada hamkasbini tizimli ravishda zaharlashga urinib kelgan farrosh hibsga olindi, deb xabar beradi In-Poland nashri.
Qayd etilishicha, klining kompaniyasining 56 yoshli ishchisi o‘z hamkasbining ichimligiga zaharli modda qo‘shayotgani yashirin kamera yordamida tasvirga olganidan keyin politsiya tomonidan hibsga olingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatga ishchilar o‘rtasidagi shaxsiy adovat sabab bo‘lgan.
Jabrlanuvchi bir necha oy davomida qorin sohasida kuchli og‘riqlardan aziyat chekkan va avvaliga u buni charchoq bilan bog‘lagan. Ammo ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga murojaat qilgan va unda kimyoviy zaharlanish alomatlari aniqlangan.
«Ishxonada choy va Coca-Cola ta’mi g‘alati tuyulganidan keyin hushyor tortdim. Lekin men hamkasblarim bunga qodir ekaniga ishona olmasdim», — deydi jabrlanuvchi.
Ayblanuvchi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Shuningdek, ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ishchilaridan yana biri mazkur holatdan boxabar bo‘lgan va jinoyatning oldini olishga urinmagan. Shu bois u ham uch yil muddatda qamalishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Jamiyat | 22:06
-
Tramp urushni to‘xtatish haqida Putin bilan telefon orqali gaplashishini aytdi
Jahon | 21:30
-
O‘zbekistonda millionlab yoshlarni birlashtirayotgan yirik festival o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 21:02
-
«Yangi daraxt – yangi nafas» respublika ekochempionati o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 21:00
Mavzuga oid

21:54 / 15.05.2025
Polsha 10 mingta Warmate kamikadze dronlarini sotib oladi

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

20:44 / 02.05.2025
Polshada Norvegiyaning eng badavlat insonlaridan biri YTH oqibatida halok bo‘ldi

20:43 / 30.04.2025