Davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyoti joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengash yig‘ilishida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tanqid qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, majlis davomida agentlik faqat statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanishi va huquqbuzarliklarning oldini olishga e’tibor qaratmasligi ta’kidlangan.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda korrupsiyaga oid jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallalarda kuzatilgan. Shu munosabat bilan, bosh vazir Abdulla Aripovga 117 ta vazirlik va davlat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’ul mutaxassislarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha topshiriq berildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga moyilligini tekshirish amaliyotini joriy etish taklif etildi.
"O‘zbekiston yetakchisi sohaga mas’ul bo‘lim xodimlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi", – deb yozgan "Kazinform".
Mavzuga oid

17:44 / 22.04.2025
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda

17:03 / 22.04.2025
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi

21:23 / 21.04.2025
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalarini tashkil etishning minimal mezonlari tasdiqlandi

17:50 / 16.04.2025