Jahon | 19:10
6737
2 daqiqa o‘qiladi

Stiven Uitkoff to‘rtinchi bor Putin bilan uchrashdi

25 aprel kuni ertalab AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Donald Trampning tinchlik rejasi tafsilotlarini muhokama qilish uchun Moskvaga uchib keldi.

Kristina Kormilitsyna / RIA Novosti / Sputnik / IMAGO / SNA / Scanpix / LETA

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning tasdiqlashicha, Uitkoff Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgan. Rossiya tomonidan muzokaralarda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov va investitsiyaviy-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakil Kirill Dmitriyev ham ishtirok etdi.

Kremldagi uchrashuvdan oldin Uitkoff Dmitriyev bilan birgalikda Moskva markazi bo‘ylab «kichik sayr uyushtirishdi», deb xabar berdi «Interfaks».

Uitkoff — AQSh tomonidan Rossiya bilan bosh muzokarachi. U Putin bilan to‘rtinchi bor uchrashmoqda, oxirgi uchrashuv 11 aprel kuni Sankt-Peterburgda o‘tkazilgandi.

Moskva Donald Trampning tinchlik rejasiga qanday munosabatda ekani uzil-kesil aniq emas. Uning ayrim bandlari bo‘yicha na rasmiy shaxslarning bayonotlari darajasida, na ommaviy axborot vositalarida jiddiy sizdirishlar ko‘rinishida izohlar mavjud emas. Dmitriy Peskov muntazam ravishda shuni ta’kidlab kelmoqda: Moskvadagilar muzokaralar yopiq formatda o‘tishi kerak, deb hisoblashadi. So‘nggi haftalarda Peskov bir necha bor e’lon qilgan yagona pozitsiya – Moskva Yevropa Ukraina hududida tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishiga rozi emasligi haqida.

Amerikaning SBS telekanali 24 aprel kuni RF TIV rahbari Sergey Lavrovning intervyusidan parcha keltirdi (suhbat aynan qachon bo‘lib o‘tgani noma’lum). E’lon qilingan parchada Lavrov Trampning tomonlar «to‘g‘ri yo‘nalishda ketayotgani» haqidagi fikriga qo‘shilgan. Vazir RF «bitim tuzishga tayyorligi», ammo «qayta ishlash» zarur bo‘lgan jihatlar borligi va hozirda tomonlar aynan shu bilan band ekanini aytgan. CBS intervyusining to‘liq versiyasi yakshanba kuni namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid