Eronga neft sotish: Tramp ikkilamchi sanksiyalar bilan tahdid qildi
Oq uy rahbari AQSh Eron neftining har qanday xaridoriga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalar joriy qiladi, deya tahdid qildi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Eron yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar ketayotgan paytda Tehronga bosimni kuchaytirmoqda. Qo‘shma Shtatlar hukumati Eron neftining har qanday xaridoriga qarshi ikkinchi darajali sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda Oq uy rahbari 1 may, payshanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Hozir Eron nefti yoki neft-kimyo mahsulotlarining barcha xaridlari to‘xtatilishi kerak! Erondan neft yoki neft-kimyo mahsulotini har qanday miqdorda sotib olgan davlat yoki jismoniy shaxs darhol ikkinchi darajali sanksiyalarga duchor bo‘ladi», deb yozgan Tramp.
«Ular (kompaniyalar va jismoniy shaxslar)ga Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan har qanday shaklda biznes yuritish taqiqlanadi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Xitoy Eron neftining eng yirik xaridori hisoblanadi, deya xabar beradi dpa agentligi.
Vashington va Tehron o‘rtasidagi yadroviy muzokaralarning navbatdagi bosqichi qoldirildi. AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiven Uitkoff va Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi o‘rtasida 3 may kuni Rimda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan to‘rtinchi uchrashuvi «logistik sabablarga ko‘ra» qoldiriladi, dedi Ummon tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad bin Hamud al-Busaydiy ijtimoiy tarmoqda. Ummon muzokaralarda vositachi sifatida ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid

21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi

21:04 / 02.05.2025
Qorabog‘ haqida kutilmagan bayonot. Eron o‘z o‘qidan chiqib ketdimi?

16:35 / 02.05.2025
Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi

21:18 / 01.05.2025