Jahon | 16:35 / 02.05.2025
3297
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi

AQSh Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozonish uchun hammadan ko‘proq harakat qildi, dedi u.

Foto: Getty images

AQSh prezidenti Donald Tramp 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qildi.

«Ko‘plab ittifoqdoshlarimiz va do‘stlarimiz 8 mayni G‘alaba kuni sifatida nishonlaydi, biroq biz Ikkinchi jahon urushining g‘alabali natijasiga erishish uchun boshqa mamlakatlardan ko‘ra ko‘proq ish qildik. Men 8 mayni Ikkinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni, 11 noyabrni esa Birinchi jahon urushidagi G‘alaba kuni deb e’lon qilaman», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh prezidenti, shuningdek, «AQSh g‘alabalarini» yana nishonlashni boshlash vaqti kelganini qo‘shimcha qildi.

«Biz ikkala urushda ham g‘alaba qozondik, kuch, jasorat va harbiy mahoratda hech kim bizga yaqinlashmadi, lekin biz hech narsani nishonlamayapmiz, chunki bizda buni qanday qilishni biladigan rahbarlar yo‘q!», deb ta’kidladi Oq uy rahbari.

Mavzuga oid