Berlinda kansler Sholsni iste’foga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi
Berlinda iste’foga chiqqan kansler Olaf Shols bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. U o‘z nutqida demokratiyani himoya qilishga chaqirdi va vorisi Mersga muvaffaqiyatlar tiladi.

Foto: Ebrahim Noroozi/AP Photo/picture alliance
5 may, dushanba kuni Berlindagi Bendlerblok harbiy majmuasi hovlisida Germaniya kansleri Olaf Sholsni iste’foga kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi. An’anaviy «Buyuk oqshom shon-shuhrati» (Der Große Zapfenstreich) xayrlashish marosimida so‘zlagan Shols hamjihatlikka, demokratik qadriyatlarni asrab-avaylashga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 6 may kuni bo‘lib o‘tadigan hukumat almashinuvi «demokratik me’yorning ko‘rinishidir».
Olaf Sholsning ta’kidlashicha, hokimiyatning «madaniy, kollegial va obro‘li» o‘tkazilishi, xuddi Germaniyada kuzatilayotgani kabi, «aslida oddiy narsa emas». Shuning uchun ham «demokratlar o‘rtasidagi sivilizatsiyalashgan muloqot»ni himoya qilish juda muhim, chunki bu «qimmatli», deb ta’kidladi lavozimini tark etayotgan kansler. «Demokratik davlatda mansablar har doim ma’lum muddatga beriladi. Bizni butun dunyodagi avtokratiyalardan ajratib turadigan narsa shu», — deydi Shols.
Shols kansler lavozimini egallashga tayyorlanayotgan Fridrix Mersga «muvaffaqiyatlar, omad va yengillik» tiladi. O‘z nutqini yakunlar ekan, Shols shunday ta’kidladi: «Germaniya federal kansleri sifatida xizmat qilish men uchun sharaf bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi».
Bendlerblokdagi marosimda 300 ga yaqin askar va ofitser ishtirok etdi. Mehmonlar orasida federal prezident Frank-Valter Shtaynmayyer va bo‘lajak kansler Fridrix Mers ham bor edi. Tadbir davomida Bundesver orkestri an’anaviy tarzda iste’foga chiqqan kansler tanlagan uchta kompozitsiyani ijro etdi. Olaf Shols xayrlashuv uchun turli davrlarning klassik qo‘shiqlarini tanladi — Beatles guruhining In My Life, Baxning konsertlaridan biridan parcha va Areta Franklinning Respect qo‘shig‘i.
Mavzuga oid

09:31 / 03.05.2025
Germaniya TIV Rubio bilan "Germaniya uchun muqobil" bo‘yicha bahsda: Bu - demokratiya

17:01 / 02.05.2025
Germaniyada «Germaniya uchun alternativa» partiyasi ekstremistik deb topildi

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

14:57 / 01.05.2025