Jahon | 05:05
3666
2 daqiqa o‘qiladi

TSAHAL ilk bor Eron hujumi oqibatida harbiy obektlarga shikast yetganini tan oldi - Reuters

Isroillik harbiy amaldorga ko‘ra, barcha obektlar faoliyatini davom ettirmoqda.

Foto: Reuters

Eronning Isroilga zarbalari oqibatida ayrim harbiy obektlarga zarar yetgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Reuters anonim qolishni so‘ragan isroillik harbiy amaldorga tayanib xabar berdi.

Agentlikning qayd etishicha, oldinroq Isroil Mudofaa armiyasi (TSAHAL) harbiy obektlar hujumga uchragnaini tan olmagan. Shu bilan birga, agentlik suhbatdoshining ta’kidlashicha, «oz sonli» manzillar zarar ko‘rganini ta’kidlab, barcha obektlar faoliyatini davom ettirayotganini bildirgan. Yetkazilgan zarar tafsilotlarini esa u ochiqlashdan bosh tortgan.

5 iyul kuni The Telegraph nashri sun’iy yo‘ldosh suratlariga tayanib, Eronning zarbalari oqibatida Isroildagi beshta harbiy obektga shikast yetganini yozgandi.

Eron Isroil tomonidan 12 iyun kuni boshlangan aviazarbalarga javoban ushbu mamlakat hududiga raketalar uchirgan. Eron asosiy e’tiborni Isroil shimolidagi Hayfa va Tel-Aviv, shuningdek, ko‘plab harbiy obektlar joylashgan Beer-Shevaga qaratgan. Eron raketalarining aksariyati tutib qolingan.

Isroil va Eron o‘rtasidagi sulh to‘g‘risida 24 iyun kuni e’lon qilindi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Eronda 935 kishi, jumladan, yuqori martabali harbiylar ham halok bo‘lgan, Isroil tomoning yo‘qotishlari esa 28 kishini tashkil etgan.

 

 

 

Mavzuga oid