Obameyangning «Real»ga o‘tishi nimaga bog‘liqligi ma'lum qilindi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyangning manfaatlarini himoya qiluvchi agent Oskar Damiani «Real» bosh murabbiyi Zaynidin Zidan mijozining madridliklar safiga transfer qilinishiga qarshi ekani haqida gapirdi.
«Per-Emerik yozda «Borussiya»ni tark etadi. U «Real»ga o‘tishni istamoqda, biroq uning orzusi yozda amalga oshadi deb o‘ylamayman.
«Real»da bu transfer uchun pul bor, ular mijozim bilan shartnoma tuzishi mumkin, ammo hammasi Zidanga bog‘liq.
U Obameyangda Benzemaning o‘rnini bosish uchun yetarlicha salohiyat borligiga ishonch bildirmayapti. «Real»ning markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu va Beyl bilan birga o‘ynashi lozim va Zidan Obameyangni bu vazifani bajara olishiga ishonmayapti», deya Damianining so‘zlarini keltirgan Bernabeu Digital.
Bundan oldingi xabarlarda Obameyang rivojlanishni istasa, yozda boshqa jamoaga o‘tishi kerakligi haqida gapirgandi.
«Borussiya» rahbariyati Obameyangning so‘zlaridan darg‘azab bo‘ldi
«Borussiya» Obameyangga o‘rinbosar topib qo‘ydi
Mavzuga oid

09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi

20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi

21:21 / 11.05.2025
«Barsa» 7 ta gol urilgan klasikoda g‘alaba qozonib, amalda chempionlik masalasini hal qildi

18:18 / 09.05.2025