AQSh milliy razvedkasi sobiq rahbari: Trampning Finiksdagi chiqishi kishini qo‘rqitmoqda

AQSh milliy razvedkasining sobiq rahbari Jyeyms Klepper Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampning Finiksda o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishini tanqid qilib, uni “juda ham qo‘rqinchli” deb atadi. Bu haqda Independent nashri yozmoqda.
Klepper ta'kidlashicha, “Trampning bir qadar noodatiy bayonotlari, uning o‘z lavozimini tark etishiga sababchi bo‘lishi mumkin”.
“Men haqiqatdan ham u bu lavozimni egallashga qodir ekaniga shubhadaman hamda uning motivatsiyasi haqida o‘ylashni boshlayapman. Balki, u chiqish yo‘lini izlamoqda», - deya ma'lum qildi Klepper.
U Trampda yadro qurolidan foydalanish imkoniyati borligidan tashvishda ekanini ham bildirgan.
Avvalroq Donald Tramp Finiksdagi chiqishi davomida Amerika hukumatini yopib qo‘yish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid

18:25
Xomanaiy agar AQSh harbiy mojaroga aralashsa «muqarrar javob» bilan tahdid qildi

15:00
Hegset: AQSh NATOga sodiq qoladi, lekin ittifoqchilardan ko‘proq xarajatlarni kutadi

12:30
AQShda Rossiyaga bosim strategiyalari bo‘yicha ishchi guruh tarqatib yuborildi

11:30