Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston uzra F-35V’ga yoqilg‘i quyish tasvirlangan video e'lon qilindi

Foto: REUTERS
AQShga qarashli, beshinchi avloddagi F-35B Lightning II tez parvoz qilish va vertikal qo‘nish xususiyatiga ega ikkita qiruvchiga parvoz paytida yoqilg‘i quyish jarayoni videosi paydo bo‘ldi. Ular raqib pozitsiyalariga aviazarbalar berishda ilk bor ishtirok etgan. Qo‘shma Shtatlar harbiy-havo kuchlari tomonidan taqdim etilgan, yuqori aniqlikdagi videorolik YouTube’da joylashtirildi.
Kadrlardan ko‘rish mumkinki, qiruvchilarga yoqilg‘i quyish harbiy-havo kuchlarining KC-135 Stratotanker zapravkachi samolyoti yordamida amalga oshirilgan.
Oktyabr oyida The Drive muallifi Jozef Trevitik F-35B Lightning II birinchi jangovar missiyasi davomida havoda yoqilg‘i quyish jarayonidan foydalangani haqida taxmin bildirgandi.
Sentyabr oyida harbiy-dengiz kuchlari 27 sentabr kuni Afg‘oniston uzra haqiqiy raqibning pozitsiyalariga bunday samolyotlar uchun birinchi marta aviazarbalar berishda ishtirok etgan, USS Essex desant hujumkor kemasining palubasidan parvoz qilgan F-35B Lightning II qiruvchisi tasvirlangan videoni e'lon qilgandi.
Mavzuga oid

08:43
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi

19:08 / 03.08.2025
Qozog‘iston Afg‘onistonga yordam ko‘rsatishda davom etadi – To‘qayev

07:51 / 21.07.2025
Germaniyadan bir yil ichida ikkinchi deportatsiya reysi Kobulga uchib ketdi

18:41 / 18.07.2025