BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilish JARga o‘tdi

Foto: mfa.gov.ua
Rossiya BMT Xavfsizlik kengashida raislikni yakunlab, estafetani Janubiy Afrika respublikasiga topshirdi.
JARning BMTdagi doimiy vakili Metyus Matjila mamlakati BMT Xavfsizlik kengashida raislik qilish vaqtida birinchi navbatda Afrika qit'asi muammolariga e'tiborni mujassamlashtirishiga va'da berdi va 7 oktyabrdayoq tinchlik va xavfsizlik bo‘yicha ochiq debatlar o‘tkazadi.
Matjilaning aytishicha, BMT tinchlikparvar missiyalari formatini yangi chaqiriqlarga moslashtirish uchun o‘zgartirishi lozim.
Oktabr oxirida Xavfsizlik kengashi missiyasi Efiopiya poytaxti Addis-Abebaga tashrif buyurib, Afrika ittifoqining tinchlik va xavfsizlik kengashi bilan Saxel mintaqasi va Malidagi vaziyat bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazadi.
Bundan tashqari, yaqin oradagi uchrashuvlar kun tartibida Suriya, Yaman va Kolumbiyadagi vaziyatlar muhokamasi bor.
Xavfsizlik kengashida raislik qilish har oy yangi davlatga o‘tadi. Noyabrda unda Britaniya, dekabrda esa AQSh raislik qiladi.
Mavzuga oid

17:10 / 14.06.2025
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi

23:21 / 13.06.2025
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi

23:02 / 12.06.2025
Global qochqinlar soni 2011 yildan beri birinchi marta kamaydi – BMT

13:42 / 07.06.2025