Toshkentda Butunrossiya kinematografiya instituti filiali tashkil etildi
Prezident qarori bilan Toshkent shahrida “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasi filiali tashkil etildi.

Butunrossiya davlat kinematografiya instituti
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, filial “S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti” (BDKI) federal davlat budjeti oliy ta'lim muassasasining (Rossiya) yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida tarkibiy bo‘linmasi – oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.
Filialda ta'lim faoliyati 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi. Ta'lim jarayoni Kinematografiya agentligi bilan kelishgan holda BDKI tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlar asosida rus tilida olib boriladi, shu bilan birga unda o‘zbek tili va O‘zbekiston tarixi o‘qitiladi.
Quyidagilar filialning asosiy ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hisoblanadi:
- dramaturgiya;
- prodyuserlik (turlari bo‘yicha).
Ta'lim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yo‘lga qo‘yiladi. Bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma'lumot sifatida tan olinadigan Rossiya davlat namunasidagi BDKI diplomi beriladi.
Filialda davlat granti asosida ta'lim olgan bitiruvchilar 5 yildan kam bo‘lmagan muddatga majburiy ishlab berish sharti bilan kinokompaniyalar, teleradiokompaniyalar yoki kino va televideniye sohasidagi tashkilotlarga taqsimlanadi.
Mavzuga oid

16:29
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025