Denovdagi portlash natijasida bir kishi halok bo‘lgani aniqlandi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi hodisa bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Joriy yilning 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov tumanidagi «Indenim» savdo majmuasida gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq chaqnash yuzaga kelgan. 9 nafar fuqaro turli tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘in 28 daqiqa mobaynida FVV kuch-vositalari tomonidan o‘chirilgan.
“30 daqiqa atrofida vayrona ostida olib borilgan qidiruv ishlarida bir nafar halok bo‘lgan fuqaro aniqlangan”, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mazkur hodisa sabab va oqibatlarini o‘rganish uchun O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi hukumat komissiyasi voqea joyida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

16:15 / 06.05.2025
Surxondaryoda ruhiy xasta ayol 3 yoshli qizni pichoqladi

21:01 / 01.05.2025
Germaniya shimolidagi portda portlash sodir bo‘ldi

15:26 / 25.04.2025