Namanganlik firibgar buxorolik fuqaroni Telegram orqali chuv tushirdi
Namangan shahrida yashovchi fuqaro g‘ijduvonlik fuqaroni Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali aldab, uning 5,33 mln so‘m pulini o‘z plastik kartasiga o‘tkazib olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 15 sentyabr kuni noma'lum shaxs Telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali G‘ijduvon tumanining G‘ishti mahallasida yashovchi, 40 yoshli J.Sh. bilan aloqa qilib, unga Turkiyadan “Volvo” yuk mashinasi uchun ehtiyot qismlari keltirib berishini va'da qilgan. Virtual kelishuvdan so‘ng firibgar 5,33 mln so‘m pulni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olgan. Ammo na ehtiyot qismlar keltirib berilgan, na pul qaytarilgan.
Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma'lum shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan. Jarayonda ushbu jinoyatni Namangan shahrining Orzu mahallasida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan U.O. sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda ushbu shaxsning boshqa xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Oldinroq Namanganlik fuqaro G‘ijduvonda savdo do‘konidan 10 mln so‘mlik tilla zanjirni o‘g‘irlab ketgandi.
Mavzuga oid

08:59
Fuqaroni 30 ming dollar evaziga AQShga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

07:46 / 13.05.2025
Firibgarlar qanday qilib bank kartasidagi pullarni o‘marmoqda?

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

18:37 / 27.03.2025