Toshkentda yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda
Toshkent shahrida namunaviy loyiha asosida yangi ko‘rinishdagi bekatlar o‘rnatilmoqda. Bu haqda poytaxt transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Toshkent shahar transport boshqarmasi
Qayd etilishicha, 2022 yilning birinchi choragida namunaviy loyihalar asosida 14 ta avtobus bekatlari rekonstruksiya qilingan.
Poytaxt transport boshqarmasiga ko‘ra, bu O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi "Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorining ijrosiga ko‘ra amalga oshirilmoqda.
Bundan oldin Toshkentda avtobus oraliq bekatlari namunaviy dizayn asosida tashkil etilishi xabar berilgandi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilingan.
Hujjatda Toshkent shahrida avtobus bekatlari namunaviy loyihasini yo‘lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini inobatga olgan holda ishlab chiqish hamda mazkur bekatlar joylashtiriladigan yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub’yektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilgan.
Mavzuga oid

16:17
Toshkentda Xotira kuniga bag‘ishlab 2000 kishi ishtirokida marafon o‘tkaziladi

10:24
Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

07:59 / 30.04.2025