Eron birinchi marta yerosti aviabazasini namoyish etdi
Manzili sir tutilayotgan baza harbiy samolyotlarga xizmat ko‘rsatadi.

Foto: tasnimnews
Eron Harbiy-havo kuchlari birinchi marta yer osti aviabazasidan olingan kadrlarni namoyish etdi, deb xabar berdi Tasnim.
Oghab-44 (Burgut) aviabazasini suratga olish ishlari Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Abdulrahim Musaviy va Eron Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Muhammad Husayn Baqiriy tashrifi chog‘ida olib borilgan.

Tasnim ma’lumotlariga ko‘ra, obektda turli harbiy samolyotlar, jumladan qiruvchi samolyotlar, bombardimonchi samolyotlar, elektron urush vositalariga ega samolyotlar va dronlar saqlanadi. Bazada qo‘mondonlik-nazorat minorasi, shaxsiy tarkibni to‘plash maydoni, samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ustaxonalari, yonilg‘i baklari joylashgan.
Baza joylashgan manzil haqida xabar berilmagan. Agentlikning qayd etishicha, Eron tog‘li hududlarida bir nechta yer osti aviabazalari qurilgan. Ulardan ehtimoliy dushmanlarga qarshi to‘satdan zarba berish chog‘ida foydalanish mumkin.
Mavzuga oid

14:13
Isroil Eron mudofaa vazirligi binosiga va Tehrondagi asosiy neft omboriga hujum qildi

13:22
Tel-Aviv yaqinida turar joy binosi vayron bo‘ldi

10:46
Yaqin Sharqdagi «porox to‘ldirilgan bochka». Isroil va Eron ziddiyati tarixi

08:39