Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev: Rossiya Baxmutga hujum qilish uchun desantchilarni yubordi
Baxmut atrofidagi vaziyat juda keskinligicha qolmoqda. «Vagner» XHK yollanma askarlaridan tashqari, Rossiya shaharga kirish uchun professional desantchilar bo‘linmalarini yubordi. Bu haqda Telegram'da Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi.

Foto: Picture Alliance
«Dushman shaxsiy tarkibi orasida nomutanosib ravishda katta yo‘qotishlar yuz berayotganiga qaramay, shaharni egallashga qaratilgan harakatlarni to‘xtatmayapti. Qarorlar hissiyot bilan qabul qilinyapti», deb yozadi u.
Shu bilan birga, Ukraina Qurolli kuchlari qo‘shinlarining «Xortitsa» operativ-strategik guruhi qo‘mondonligi, Malyar so‘zlariga ko‘ra, «joyning o‘zida operativ vaziyatni to‘liq nazorat qilmoqda».
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi 25 mart kungi hisobotida ma’lum qilishicha, Rossiyaning Baxmutga olg‘a siljishi deyarli to‘xtab qoldi - bu, ehtimol, Rossiya kuchlarining haddan tashqari kuchsizlanib ketishi tufayli yuz beryapti.
Rossiya, aftidan, o‘z operativ e’tiborini Avdiyivka va Kreminna-Svatovo yo‘nalishiga qaratgan bo‘lib, u yerda faqat oldingi chiziqni barqarorlashtirish uchun harakat qilyapti. Bu 2023 yil yanvaridan beri keng ko‘lamli hujumni boshlash bo‘yicha muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin ko‘proq mudofaaviy harakat sxemasiga qaytishdan dalolat beradi, deya xulosa qiladi Britaniya mudofaa vazirligi. Londonga ko‘ra, shaharni himoya qilish paytida Ukraina ham katta yo‘qotishlarga duch keldi.
Mamlakat razvedkasining alohida ta’kidlashicha, Rossiya uchun vaziyat Rossiya Mudofaa vazirligi va Baxmut hududida jang qilayotgan «Vagner» XHK o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelgan keskinlik tufayli yomonlashgan.
Mavzuga oid

16:14
Jurnalistlar Ukrainada 121 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

10:57
Hindiston davlat neftni qayta ishlash zavodlari Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatdi

08:46
Germaniya Rossiya tufayli piyodalarga qarshi minalarga qaytishni muhokama qilmoqda

07:41