Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dehqonobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
Tumanning ko‘p yillik hokimi Zoir Aliqulov Qarshi tumani rahbarligiga o‘tgandi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Bugun, 26 oktyabr kuni xalq deputatlari Dehqonobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar Akrom Isomiddinovich Sulaymonov Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.
Akrom Sulaymonov 1969 yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. Muqaddam respublika «O‘zmeliomashlizing» davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
2020 yil noyabrda Shahrisabz shahri hokimi etib tayinlangandi.
Bundan oldinroq, Dehqonobod tumaniga 7 yildan ortiq vaqtdan buyon rahbarlik qilib kelgan Zoir Aliqulov Qarshi tumanining yangi rahbariga aylangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

19:23 / 31.07.2025
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

18:14 / 30.07.2025
Mudofaa vazirligi tizimidagi OTMlarga rahbarlar tayinlandi

12:03 / 18.07.2025