Jamiyat | 10:24 / 12.12.2024
3930
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi

Yangi yil tadbirlari munosabati bilan Toshkentning ayrim markaziy ko‘chalarida transport harakati cheklandi.

Foto: Yandex Maps

Poytaxt hokimligi xabar berishicha, yangi yil tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish, shuningdek, bayram tadbirlari vaqtida aholi xavfsizligini ta’minlash hamda jamoat tartibini saqlash maqsadida 2024 yilning 10 dekabridan 2025 yilning 15 yanvarigacha qator ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

Ko‘chalar:

  • Zarafshon ko‘chasining Hyatt Regency Toshkent mehmonxonasi qo‘riqlash punkti va Matbuotchilar ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Istiqlol ko‘chasining Amir Temur va Buyuk Turon ko‘chalari oralig‘idagi qismi;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Istiqlol ko‘chasi kesishmasidan Yoshlar ijod saroyigacha bo‘lgan qismida.

Ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya qilindi.

Mavzuga oid