Jamiyat | 23:20 / 09.06.2025
2039
1 daqiqa o‘qiladi

Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi

Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rik natijasida, Bo‘zsuv kanali ustidan o‘tgan ko‘prik foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani aniqlandi.

Foto: IIBB YHXB axborot xizmati

Toshkent viloyatining Qibray tumani hududidagi mahalliy ahamiyatga ega ko‘priklardan birida transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda viloyat IIBB Yo‘l harakatli xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bo‘riota qishlog‘i—Qodiriya GES—G‘isht korxonasi avtomobil yo‘lining 3-kilometrida joylashgan ko‘prik tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan ko‘rik natijasida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgani ma’lum bo‘lgan. Bo‘zsuv kanali ustidan o‘tgan ushbu ko‘prik 1977 yilda qurilgan.

Shu sababli tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda ushbu ko‘prikda transport vositalarning harakati to‘liq cheklangan. Shuningdek, tegishli yo‘l belgilari va to‘siqlar o‘rnatilgan.

«Mavjud holatni inobatga olib, haydovchilardan aylanma yo‘llar orqali harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.

Mavzuga oid