Jahon | 10:30 / 13.06.2025
21127
2 daqiqa o‘qiladi

Oyatulloh Xominaiy Isroilga «qattiq jazo» bilan tahdid qildi

Islom Respublikasi oliy rahbari Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgani»ni, endi Isroilni «achchiq qismat» kutayotganini ta’kidladi.

Foto: AP

Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xominaiy Isroilni Islom Respublikasiga zarba bergani uchun keskin qoraladi va buning uchun oqibatlar bilan tahdid qildi. Unga ko‘ra, Isroil «o‘zining jirkanch xarakterini ko‘rsatib, Eronga qarshi jinoyat sodir etgan». Shuning uchun Isroil «qattiq jazo» oladi, deya Xominaiyning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Eron OAV.

«Bu hujum bilan sionistik rejim o‘zi uchun achchiq qismatni ta’minladi, bunga albatta tayyorgarlik ko‘rishi kerak», deya qo‘shimcha qilgan oyatulloh.

Isroil harbiy-havo kuchlari 13 iyun, jumaga o‘tar kechasi Eron hududiga «ogohlantiruvchi zarba» berdi, shundan so‘ng Isroil havo hududini yopdi. Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) ma’lumotlariga ko‘ra, zarbalar Erondagi yadroviy dastur va boshqa harbiy obektlarga aloqador o‘nlab nishonlarga qaratilgan.

13 iyun kuni ertalab TSAHAL Eronda bir kechada 100 dan ortiq nishonga zarba berilganini ma’lum qildi. Operatsiyaga 200 qiruvchi samolyot jalb qilingan.

Bundan tashqari, OAV xabarlariga ko‘ra, Islom Respublikasidagi harbiy va ilmiy rahbariyatga hujum qilingan. Xususan, zarbalar natijasida Eron yurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Muhammad Bag‘iriy, Islom inqilobi muhofizlari korpusi qo‘mondoni Husayn Salomiy, eronlik yadro sohasidagi olimlar Fariddun Abbosiy-Davoniy va Muhammad Mehdi Tehronchi halok bo‘lgani ma’lum qilingan. Eron matbuotiga ko‘ra, oyatulloh Xominaiyning maslahatchisi Ali Shamxoniy og‘ir yaralangan.

Mavzuga oid