Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Eron va Isroilda yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda Isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan fuqarolardan xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni so‘radi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi
Zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirish, Isroilda esa front orti qo‘mondonligi ogohlantirishlariga amal qilish lozim.
Har ikki davlatdagi fuqarolarga rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib borish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa ma’lumotlarini doimo yonida saqlash tavsiya etilgan
Erondagi elchixona aloqa ma’lumotlari: telefon: 22299780, 22832025, elektron manzil: iri.uzembassy@mfa.uz.
Isroildagi elchixona aloqa ma’lumotlari: telefon: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076. Shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397, elektron manzil: il.uzembassy@mfa.uz.
Mavzuga oid

11:15
Isroil G‘azo sektorini to‘liq anneksiya qilish masalasini ko‘rib chiqmoqchi

22:46 / 29.07.2025
Buyuk Britaniya Falastin davlatini tan oladi - Starmer

21:22 / 29.07.2025
HAMASga ta’siri eng kuchli davlatlar qaysilar?

18:45 / 29.07.2025