O‘zbekiston | 14:45 / 18.06.2025
1518
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari o‘zgartirildi

Iqtisodiyot va moliya vazirining buyrug‘i bilan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma ilovasiga o‘zgartirishlar kiritildi, ular keyingi oydan e’tiboran kuchga kiradi.

Xususan, shaxsiy ehtiyoj uchun olib kirilayotgan tovarlar qiymati kamaytirildi:

  • xalqaro aeroportlar orqali – 2000 AQSh dollaridan 1000 AQSh dollarigacha;
  • temiryo‘l va daryo bojxona chegaralari orqali – 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarigacha.

Qiymati 2000 dollardan oshmaydigan 65 gramm zargarlik buyumlarini olib kirish bo‘yicha amaldagi cheklovlar bekor qilindi.

Olib kirilayotgan tovarlar hajmi bo‘yicha cheklovlar aniqlashtirildi:

  • atir va ifor taratuvchi suvlar – 3 dona (lekin 300 mldan oshmagan);
  • tamaki mahsulotlari: amaldagi qoidalar bo‘yicha 10 quti o‘rniga cheklov kiritiladi: 200 dona sigaret, 5 dona sigara va tamaki – 100 gr.

Bundan tashqari, kiritilgan qo‘shimchaga  asosan bojsiz olib kirish normalari qo‘llanmaydi, agar tovarlarni notijorat maqsadlarda olib kirayotgan shaxs xorijiy davlat hududida:

– temiryo‘l, daryo va avtomobil o‘tkazish punktlari orqali 2 kalendar kundan kam muddat bo‘lgan;
– xalqaro aeroportlar orqali 3 kalendar kundan kam muddat bo‘lgan;
– bir kalendar oy davomida uch va undan ortiq marotaba bo‘lganda.

Mavzuga oid