Prezident Malayziya bilan iqtisodiy sheriklik muhimligini qayd etdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni Malayziya Bosh vazirining o‘rinbosari, energetik o‘tish va suv resurslarini transformatsiya qilish vaziri Fadilloh bin Yusuf boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Malayziyaning nufuzli delegatsiyasi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Davlat xizmati bo‘yicha forumida ishtirok etish uchun rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turibdi.
Uchrashuv avvalida Fadilloh bin Yusuf davlatimiz rahbariga bosh vazir Anvar Ibrohimning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston-Malayziya ko‘p qirrali munosabatlarini joriy yil fevral oyida Kuala-Lumpurga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlar doirasida yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Turli darajalardagi aloqalar, tashriflar va almashinuvlar faollashgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 25 foizga oshdi. Qo‘shma korxonalar soni va aviaqatnovlar ko‘paydi. Ertaga ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokida biznes forumi bo‘lib o‘tadi.
Iqtisodiy hamkorlikda mavjud salohiyatni ro‘yobga chiqarish hamda savdo, innovatsiyalar, "yashil" energetika, neft-gaz va kimyo, geologiya, suv resurslarini boshqarish, elektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoati, sog‘liqni saqlash, kadrlar tayyorlash, ziyorat turizmini rivojlantirish va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini faol ilgari surish muhimligi qayd etildi.
Mavzuga oid

19:42
O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida qo‘shma deklaratsiya imzolandi

18:33
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti bilan muzokara o‘tkazdi

17:29
Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

14:53