Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya diplomatik missiyasi Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik fonida vaqtincha yopilganidan keyin qayta ochildi.

Foto: Anadolu Agency
AQShning Erondagi manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariyaning Tehrondagi elchixonasi Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlashuv fonida vaqtincha yopilganidan so‘ng qayta ochildi. Bu haqda Shveytsariya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Xavfsizlik nuqtayi nazaridan elchixona o‘z faoliyatini 20 iyun kuni to‘xtatdi. Mintaqadagi keskinlik pasaygach, elchining shaxsan ishtiroki bilan missiya qayta ochildi.
«Tehrondagi elchixona elchi ishtirokida qayta ochildi. Bu qaror keng qamrovli xavf tahlili va Eron va AQSh bilan maslahatlashuvlardan so‘ng qabul qilindi», — deyiladi Shveytsariya TIV rasmiy bayonotida.
Bayonotda, shuningdek, Shveytsariya AQShning Erondagi manfaatlari vakili sifatida harakat qilishda davom etishi ta’kidlangan.
Tehron va Vashington o‘rtasida diplomatik aloqalar yo‘qligi sababli ikki davlat o‘rtasidagi muammolar Shveytsariya vositachiligida hal qilinadi.
Mavzuga oid

19:06
Firibgar SI yordamida Marko Rubio nomidan bir necha rasmiylarga xat yubordi

15:21
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi

11:31
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi

09:05