Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim» – prezident
Davlat rahbari odamlar shunday muammo tufayli uyga juda kech qaytayotgani va bu kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev 9 iyul kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida o‘tkazilgan yig‘ilishda poytaxtdagi tirbandlik masalasiga to‘xtalib, o‘zi ham shu muammoga duch kelgani haqida gapirdi.
Davlat rahbari mehmon ham, xalq ham yo‘lga qarab mamlakat iqtisodiyotiga baho berishini aytdi.
«O‘tgan shanba-yakshanba kuni o‘zim rulda yurib keldim. U yo‘llarda rulda kimligini hech kim bilmaydi, men ham 15–20 daqiqa tirbandlikda turdim, turgandayam yaxshilab turdim. Toshpo‘latov (ichki ishlar vaziriga qarata), to‘g‘rimi? Rulda menligimni hech kim bilmasdi, hamma bilan turdim, nima qilaman? Ko‘chaga chiqib, ey, yo‘lni ochib ber, deb baqirmayman-ku? El qatori keldik», – dedi prezident.
Davlat rahbari odamlar shunday muammo tufayli uyga juda kech qaytayotgani va bu kayfiyatiga ta’sir ko‘rsatayotgani haqida gapirdi.
«El qatori mashina bilan turdim. O‘tib bo‘lganimdan keyin vazirga telefon qildim. Sen o‘zing kelib o‘tgin qani. Odamlar kechasi uyiga qaytib kelyapti, kayfiyati yomon tomonga o‘zgaradimi yo o‘zgarmaydimi? Bitta masala, to‘rtta tasmali yo‘l bilan ko‘prikka kelib, u ikki tasmali bo‘lyapti. Albatta, u shunday bo‘ladi-da. Buni qilsa bo‘ladimi, yo‘qmi? Bemalol, qilsa bo‘ladi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid

17:01 / 09.07.2025
IIVga tezlik cheklovlarini qayta ko‘rib chiqsa bo‘ladigan yo‘l uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish topshirildi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:44 / 09.07.2025
Toshkent viloyatidan qatnovchi avtobuslar yo‘nalishi poytaxt ichkarisigacha uzaytiriladi

16:33 / 09.07.2025