Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Grant taqsimoti uchun ariza berish muddati 10 avgustgagacha uzaytirildi
Davlat qabul komissiyasining bayoniga asosan, 2024-2025 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ta’lim grantlarini qayta taqsimlash bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati 2025 yil 10 avgustga qadar uzaytirildi.

Foto: Kun.uz
Grant taqsimlash uchun ariza berishga ulgurmay qolganlar 10 avgustgacha hujjatlarini taqdim etishi mumkin. Arizalar oliygohlarning veb-saytlari orqali yoki kontrakt.edu.uz saytida qabul qilinmoqda.
Talabalar ariza berishda 3 xil grantdan birini tanlashi kerak:
- to‘liq va to‘liq bo‘lmagan grant (GPA 3,5 dan baland);
- qo‘shimcha davlat granti (faqat ijtimoiy himoya reyestrida «qizil» va «sariq» toifadagi oilalar a’zolari uchun, GPA 4 dan baland);
- OTM granti (GPA 3,3 dan 4 gacha).
Imtiyozli yoki maqsadli grantga kirganlar, shuningdek, sirtqi, kechki va masofaviy shaklda o‘qiydiganlar ariza yubora olmaydi.
Mavzuga oid

21:19 / 28.07.2025
Xususiy universitetlarga sirtqi ta’limga kirishning aylanma yo‘li paydo bo‘ldi

13:13 / 24.07.2025
Nemis talabalari O‘zbekiston OTMda amaliyot o‘tashni boshlaydi

17:34 / 21.07.2025
Test tugaganidan keyin OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlash tartibi qanday?

11:09 / 21.07.2025