YeChL guruh bosqichiga qur’a tashlandi - «PSJ» «o‘lim guruhi»da, «Bavariya» «MYu»ga qarshi, «Siti»da oson raqiblar
Bugun, 31 avgust kuni Monakoda Yevropa Chempionlar ligasi 2023/24 yilgi mavsum guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
«Bavariya» «MYu»ga qarshi, «Napoli» «Real» bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. «O‘lim guruhi»dan «PSJ», «Borussiya D», «Milan» va «Nyukasl» o‘rin olishdi. Amaldagi chempion «Manchester Siti»ga qulay raqiblar nasib etdi.
YeChL 2023/24 yilgi mavsum guruhlari bilan tanishing:
A guruhi
«Bavariya» (Germaniya)
«Manchester Yunayted» (Angliya)
«Kopenhagen» (Daniya)
«Galatasaroy» (Turkiya)
B guruhi
«Sevilya» (Ispaniya)
«Arsenal» (Angliya)
PSV (Niderlandiya)
«Lans» (Fransiya)
C guruhi
«Napoli» (Italiya)
«Real» (Ispaniya)
«Braga» (Portugaliya)
«Union» (Germaniya)
D guruhi
«Benfika» (Portugaliya)
«Inter» (Italiya)
«Zalsburg» (Avstriya)
«Real Sosedad» (Ispaniya)
E guruhi
«Feyyenoord» (Niderlandiya)
«Atletiko» (Ispaniya)
«Latsio» (Italiya)
«Seltik» (Shotlandiya)
F guruhi
«PSJ» (Fransiya)
«Borussiya D» (Germaniya)
«Milan» (Italiya)
«Nyukasl» (Angliya)
G guruhi
«Manchester Siti» (Angliya)
«Leypsig» (Germaniya)
«Tsrvena Zvezda» (Serbiya)
«Yang Boyz» (Shveytsariya)
H guruhi
«Barselona» (Ispaniya)
«Portu» (Portugaliya)
«Shaxtyor» (Ukraina)
«Antverpen» (Belgiya)
Ma’lumot uchun, YeChL yangi mavsumi finali 2024 yil Londonda bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqich o‘yinlari 19 sentabrdan start oladi.
Mavzuga oid

21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi

16:34 / 31.05.2025
Final oldidan: kim va nega g‘olib chiqishi mumkin?

16:38 / 31.01.2025
«Siti» o‘tish o‘yinlaridayoq «Real»ga duch keldi. Barcha juftliklar ma’lum

14:17 / 30.01.2025