Jo‘rabek Mirzamahmudov: “Halok bo‘lganlarning oilalarini pudratchi tashkilot qaramog‘iga oladi”
Boysundagi M25 konida sodir bo‘lgan avariyada halok bo‘lgan mutaxassislarning oilalariga belgilangan kompensatsiyalardan tashqari pudratchi tashkilot tomonidan ham yordam ko‘rsatiladi. Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning Kun.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini o‘qitib, ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olmoqda.

Foto: Kun.uz
17 sentabr kuni Boysundagi M25 konida avariya sodir bo‘ldi. Buning oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 11 kishi jarohatlangan. Ayni vaqtda Boysun tumanida bo‘lib, vaziyatni o‘rganayotgan Kun.uz muxbiri Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovdan halok bo‘lganlarning oilalariga kopmensatsiya to‘lanishi borasida intervyu oldi.
Vazirga ko‘ra, halok bo‘lgan xodimlarning oilalari tegishli kompensatsiyalardan tashqari pudratchi tashkilot qaramog‘iga ham olinadi.
“Ko‘pchilik nefti-gaz sohasida xodimlar baland oylik olishini aytadi. Avval kelib xodimlar naqadar og‘ir sharoitda ishlashini ko‘rish kerak. Baxtsiz xodisa bo‘lganida kompensatsiya berish tegishli mehnat shartnomalarida ham bor.
Ko‘zda tutilgan kompensatsiyalardan tashqari halok bo‘lganlarning oilalari qaramog‘ini pudratchi tashkilot to‘liq o‘z bo‘yniga oldi. Bundan tashqari, pudratchi tashkilot ularning farzandlarini voyaga yetkazib, o‘qitib, kompaniyada kafolatlangan ish bilan ta’minlashgacha zimmasiga olgan”, deya ma’lum qildi vazir.
Jo‘rabek Mirzamahmudov Kun.uz muxbirining evakuatsiya qilinganlar bo‘yicha savolini ochiq qoldirgan.
Energetika vaziri avvalroq M25 konidagi avariyaga juda yuqori bosim sabab bo‘lganini aytgandi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

14:06 / 05.05.2025
M25 konida ulkan gaz favvorasi yuzaga keldi

21:44 / 04.04.2025